Foydalanish shartlari
Iltimos, PaketShop.uz platformasi katalogidan foydalanish va ulgurji buyurtma rasmiylashtirish qoidalari bilan tanishib chiqing.
1. Kelishuv predmeti
PaketShop.uz foydalanuvchilarga qadoqlash materiallari, bir martalik idishlar va xo‘jalik mahsulotlari elektron katalogidan foydalanish hamda ulgurji buyurtma so‘rovlarini shakllantirish imkoniyatini taqdim etadi.
2. Narxlar va tovar mavjudligi
Saytdagi narxlar va mahsulot xususiyatlari dastlabki ma’lumot xarakteriga ega. Ulgurji chegirmali yakuniy narx, ombordagi aniq qoldiq va yetkazib berish shartlari mijoz so‘rovi qabul qilingach menejer tomonidan tasdiqlanadi.
3. Buyurtma berish va to‘lov tartibi
Sayt orqali so‘rov qoldirish to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘lov majburiyatini yuklamaydi. Xarid shartnomasi menejer bilan barcha tafsilotlar kelishilgach va hisob-faktura chiqarilgach yoki to‘lov tasdiqlangach kuchga kiradi.
4. Yetkazib berish va qabul qilish
Yetkazib berish muddati va narxi tanlangan usulga (samovivoz, kuryer, kargo) bog‘liq. Mahsulot soni va butunligi xaridor tomonidan tovar qabul qilinayotgan vaqtda tekshiriladi.
5. Tomonlar javobgarligi
PaketShop.uz katalogdagi ma’lumotlarning aniqligi va buyurtmalarning o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlashga harakat qiladi. Fors-major holatlarida tomonlar o‘zaro kelishuv asosida harakat qiladilar.