Dush–Sha, 09:00–20:00
Logistika va yetkazib berish

Yetkazib berish shartlari va usullari

PaketShop.uz Toshkent shahri bo‘ylab tezkor yetkazish hamda butun O‘zbekiston hududlari bo‘ylab ishonchli kargo xizmatini taqdim etadi.

Bepul

Ombor / do‘kondan olib ketish (Samovivoz)

Buyurtmangiz tayyor bo‘lgach, Toshkent shahridagi omborimizdan o‘zingiz uchun qulay vaqtda bepul olib ketishingiz mumkin.

Ish vaqti: Dushanba – Shanba, 09:00 dan 20:00 gacha.
30 000 – 50 000 so‘m*

Toshkent bo‘ylab kuryerlik yetkazish

Toshkent shahri bo‘ylab buyurtmangiz eshikkacha yoki ko‘rsatilgan manzilgacha kuryer orqali yetkaziladi.

* Yakuniy narx buyurtmaning og‘irligi, hajmi va manzil masofasiga qarab menejer tomonidan aniqlanadi.
Mijoz hisobidan

Yandex orqali tezkor yetkazish

Mahsulotlar zudlik bilan kerak bo‘lganda, omborda yig‘ilib, Yandex Delivery / Taxi orqali 1-2 soat ichida yuboriladi.

Yetkazish xarajatini mijoz to‘g‘ridan-to‘g‘ri Yandex tarifiga muvofiq qoplaydi.
Kelishuv asosida

Viloyatlarga kargo va yuk mashinasigacha

O‘zbekistonning barcha viloyatlariga (Samarqand, Buxoro, Andijon, Farg‘ona, Namangan, Xorazm, Navoiy va b.) kargo orqali jo‘natamiz.

Yirik ulgurji buyurtmalarni mijoz ko‘rsatgan viloyat qatnovchi yuk mashinasigacha (bozorlar / terminallar) yetkazib beramiz.

Muhim eslatma

Ulgurji qadoqlash mahsulotlari ko‘p hollarda katta hajm va og‘irlikka ega bo‘ladi (korobkalar, qoplar). Yakuniy yetkazish narxi va bepul yetkazish imkoniyati buyurtma hajmi va tushirish manziliga qarab menejer tomonidan tasdiqlanadi.

Yetkazib berish bo‘yicha savolingiz bormi?

Menejerlarimiz buyurtmangiz uchun eng qulay transport va yetkazish vaqtini hisoblab berishadi.