Dush–Sha, 09:00–20:00

Maxfiylik siyosati

Biz sizning ishonchingizni qadrlaymiz va taqdim etilgan barcha shaxsiy hamda tijoriy ma’lumotlar xavfsizligini kafolatlaymiz.

1. Umumiy qoidalar

Ushbu Maxfiylik siyosati PaketShop.uz sayti foydalanuvchilarining shaxsiy ma’lumotlarini to‘plash, qayta ishlash va himoya qilish tartibini belgilaydi. Biz O‘zbekiston Respublikasining "Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida"gi qonuniga to‘liq rioya qilamiz.

2. To‘planadigan ma’lumotlar

Saytda buyurtma so‘rovi berish, ulgurji narx so‘rash yoki qayta aloqa shaklini to‘ldirishda quyidagi ma’lumotlar olinishi mumkin: • Ism va mas’ul shaxs; • Telefon raqami; • Yetkazib berish manzili va shahar/viloyat; • Tashkilot nomi va STIR (yuridik shaxslar uchun); • Telegram foydalanuvchi nomi.

3. Ma’lumotlardan foydalanish maqsadlari

Yig‘ilgan ma’lumotlardan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi: • Buyurtma so‘rovingizni ko‘rib chiqish va tasdiqlash; • Yetkazib berish va to‘lov shartlarini kelishish uchun bog‘lanish; • Tashkilotlar uchun shartnoma va hisob-faktura rasmiylashtirish; • Buyurtma holatini mijozga xabar qilish.

4. Xavfsizlik va uchinchi shaxslarga bermaslik

Mijozlarning shaxsiy ma’lumotlari uchinchi shaxslarga sotilmaydi va berilmaydi. Faqat buyurtmani yetkazib berish uchun zarur bo‘lgan hollarda (kuryer yoki kargo xizmatiga manzil va telefon taqdim etish) yoki qonunda belgilangan holatlarda foydalaniladi.

5. Savollar bo‘yicha aloqa

Maxfiylik siyosati bo‘yicha savollaringiz bo‘lsa, biz bilan +998 99 644 84 44 raqami yoki support@paketshop.uz elektron pochtasi orqali bog‘lanishingiz mumkin.